Ovozli chatlar 2.0: kanallar, millionlab tinglovchilar, yozib olingan chatlar, administratorlar uchun vositalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Ovozli chatlar 2.0: kanallar, millionlab tinglovchilar, yozib olingan chatlar, administratorlar uchun vositalar

Ovozli chatlar birinchi marta dekabrda paydo boʻlgan edi va ular guruhlarda jonli muloqot qilish uchun yangi maydonchaga aylandi. Bugundan boshlab ovozli chatlarni kanallarda ham yaratish mumkin, ishtirokchilar soni esa ortiq cheklanmaydi.

Bundan tashqari, ushbu yangilanishda ovozli chatlarni yozib olish, ishtirokchilar roʻyxatida batafsil axborot, tinglovchilar gapirishi uchun qoʻl koʻtarish funksiyasi, gapiruvchilar va tinglovchilar uchun taklif havolalari, ovozli chatlar nomlari hamda jamoat arboblari uchun ovozli chatlarga kanallari nomidan qoʻshilish usuli taqdim etilmoqda.

Cheklanmagan ovozli chatlar

Kanallar administratorlari va ommaviy guruhlar endi millionlab jonli tinglovchilar uchun mezbonlik qilishi mumkin. Suhbatlaringiz qanchalik mashhur boʻlishidan qatʼi nazar yangi odamlar unga qoʻshilishi mumkin. Bu radiostansiyalar texnologiyalarning yangi darajasiga chiqishiga oʻxshaydi.

Ovozli chatni boshlash uchun siz administratori boʻlgan istalgan guruh yoki kanal profilini oching, (⋮) yoki (⋯) belgisini bosing va Ovozli chatni boshlash bandini tanlang.

Yozib olingan chatlar

Telegramda qaysi maʼlumotlarni izsiz oʻchirib tashlash, qaysilarini saqlash va foydalanishni faqat siz hal qilasiz. Ovozli chat administratorlari endi audioni yozib olishi va muhokamani oʻtkazib yuborgan kuzatuvchilar uchun uni post qilishi mumkin.

Yozib olishni tugatgach, audiofayl Saqlangan xabarlaringizga darhol keladi. Agar chat yozib olinayotgan boʻlsa, bu haqida barcha bilishi uchun ovozli chat nomi yonida qizil chiroq bilan belgilanadi.

Qoʻl koʻtarish

Agar barcha ishtirokchilarga ham mikrofon ruxsat berilmagan boʻlsa, istalgan tinglovchi administratorlardan unga soʻz berilishini soʻrash uchun qoʻl koʻtarishi mumkin.

Administratorlarga kimga soʻz berishni tanlash oson boʻlishi uchun endi ishtirokchilar roʻyxatida tarjimai hol matni ham chiqadi. U yerda professional malakalar, qiziqishlaringizni kiritishingiz yoki shunchaki oʻzingiz haqingizda bir nechta soʻz yozishingiz mumkin.

Gapiruvchilar va tinglovchilar havolalari

Ommaviy guruh va kanallar administratorlari endi bevosita ovozli chatni ochadigan taklif havolalarini yaratishi mumkin. Gapiruvchilar va tinglovchilar uchun alohida taklif havolalarini yaratish mumkin. Bu yoʻl bilan gapiruvchilar qoʻshilganida ular mikrofonini yoqishingiz shart emas hamda tinglovchilar uchun alohida havolani qiziqtiruvchi auditoriyali hamjamiyat va kanallarda tarqatish mumkin.

Yangi ishtirokchilarga muhokama mavzusini bildirish uchun ovozli chat uchun nom ham tanlashingiz mumkin.

Kanal nomidan qatnashish

Ovozli chatga nafaqat oʻz nomingizdan, balki kanallaringizdan biri nomidan qoʻshilishingiz mumkin – shu usul bilan jamoat arboblari va taniqli shaxslar shaxsiy hisobiga istalmagan diqqat qaratilishining oldini olishi mumkin.

Ovozli chatga kanal sifatida qoʻshilish

Masalan, Braziliya va Turkiya prezidentlari Pavel Durov kanalida muhokamada qatnashishi va shaxsiy hisoblariga juda koʻp xabar kelishidan xavfsiramasdan u yerda foydalanuvchilar bergan savollarga javob berishi mumkin.

Va boshqa yangilanishlar

Agar xabarlarni uzatishda bexosdan notoʻgʻri chatni tanlasangiz, uzatishni bekor qilish yoki boshqa chatni tanlash uchun ularni yuborishdan oldin X tugmasini bosing.

Boshqa chatni tanlash yoki uzatishni bekor qilish

Uzun ovozli xabarlarni tinglayotganda ijroni qolgan joyidan davom ettirishingiz mumkin. Bu imkoniyat avval uzun videolar va taronalar uchun mavjud edi va biz hammasiga nisbatan joriy qildik, deb oʻylagan edik, lekin keyin buvimiz ham Telegramda hisob ochdi.

Android foydalanuvchilarimizga bugun yana bitta qoʻshimcha funksiya taqdim etilmoqda. Ular endi chatlar roʻyxatida chapga surish uchun qaysi amal belgilanishini tanlashi mumkin: chatlarni arxivlash, qadash, sukut qilish, oʻchirish yoki oʻqilgan deb belgilash. (iOS qurilmalarida qanday usulda surishingizga qarab ushbu barcha surish amallari har doim mavjud.)

Buguncha shular, keyingi yangilanishlarni kuzatib boring!


2021-yil, 19-mart
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

미니 앱 2.0: 전체 화면 모드, 홈 화면 아이콘, 지리적 위치 및 10가지 추가 기능

오늘 우리는 미니 앱 역사상 가장 큰 업데이트를 출시합니다. 미니 앱은 전체 화면 모드, 구독 계획, 홈 화면 바로가기, 선물 보내기, 미디어 공유, 문서 작성, 위치 정보 접근, 모션 트래커, 이모지 상태 설정 등을 지원합니다.
17-noy, 2024

개선된 비디오 및 그 외 다수

오늘 업데이트에서는 영상의 더 빠른 로딩, 더 나은 품질 및 새로운 속도 제어 기능, 마지막 편집 타임스탬프, 보낸 메시지에 미디어 첨부, 미니 앱의 증가된 제한, 개발자를 위한 새로운 수익화 옵션 등 다양한 기능이 추가되었습니다.
31-okt, 2024

선물, 검증 플랫폼 및 기타

사용자들은 이제 친구들에게 선물을 보낼 수 있습니다: 선물의 수신자는 자신의 프로필 페이지에 선물을 표시하거나 별로 전환할 수 있습니다. 추가로, 텔레그램은 기업들이 고객의 전화번호를 인증할 수 있는 플랫폼을 출시했습니다: 이 새로운 인증 플랫폼은 사용자가 텔레그램을 통해 코드를 받아 전화번호를 쉽게 확인할 수 있게 하며…
5-okt, 2024

스타 경품 및 기타

오늘 업데이트로 그룹과 채널은 경품 행사에서 Telegram Stars를 상품으로 사용할 수 있습니다. 또한, Telegram 브라우저에서 여는 모든 기사를 이제 Instant View로 변환할 수 있어 읽기 편리합니다.
6-sen, 2024