Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Bugungi yangilanish ishonchli himoyalangan, foydalanish oson guruhli chaqiruvlarni taqdim etadi. Shuningdek, biz Telegram Biznes hisoblari uchun toʻliq avtomatlashtirish imkonini beruvchi katta yangilanish, foydalanuvchilar uchun yangi hadya variantlari, hisob cheklovlariga eʼtiroz bildirishning oddiyroq usuli va boshqalarni joriy qilmoqdamiz.
Telegram birinchi marta guruhli chaqiruvlarni 2021-yilda taqdim etib, guruhlar uchun kuchli video chatlar va kanallar uchun jonli efirlarni olib kelgan edi.
Endi siz boshidan oxirigacha shifrlangan konferensiya chaqiruvini guruh chatini yaratmasdan boshlashingiz mumkin — bu esa toʻsatdan majlislar yoki doʻstlar va oila aʼzolari bilan muloqot qilish uchun juda qulay.
Yangilangan guruhli chaqiruvlarimiz bilan siz:
Guruhli chaqiruvlar boshidan oxirigacha shifrlash bilan himoyalanadi. Ishtirokchilar buni oʻz ekranlarida aks etgan 4 ta emojini ni solishtirish orqali tasdiqlashi mumkin — agar ularning hammasi mos kelsa, chaqiruv toʻliq xavfsiz hisoblanadi.
Bundan tashqari, guruhli chaqiruvlar blokcheynga oʻxshash texnologiyadan foydalanadi, bu esa boshqa ilovalardan farqli oʻlaroq, hech kim — hatto Telegram ham — yashirincha tinglovchi sifatida qoʻshila olmasligini taʼminlaydi.
Biz xavfsizlik tadqiqotchilarini yangi guruhli chaqiruvlarni taʼminlayydigan batafsil hujjatlar va ochiq manba kodini oʻrganishga taklif qilamiz. Telegram 10 yildan ortiq vaqt davomida shifrlash protokolini buzadigan istalgan kishiga 100 000$ dan ortiq mukofot taklif qilgan, lekin hech kim uni buzishga muvaffaq boʻlmagan.
Chaqiruvingiz havolasini boshqalarga — hatto email yoki boshqa ilovalar orqali — yuborishingiz mumkin, shunda ular tayyor boʻlganda chaqiruvga qoʻshilishi mumkin. Bu guruhli chaqiruvlarni oldindan rejalash yoki doʻstlaringizni qulay vaqtda qoʻshilishiga imkon berish uchun juda mos.
Havola menyusidan, boshqalar skanerlashi uchun QR kod yaratishingiz mumkin. Shunchaki tugmasini bosing va QR kod olish bandini tanlang.
Telegram Biznes (Telegram Premium) foydalanuvchilari uchinchi tomon chatbotlarini, jumladan, AI asosidagi botlarni, xabarlarni avtomatik boshqarish uchun qoʻshishi mumkin. Bu yangilanish bizneslarga oʻzlarining xabarlar, profil, tranzaksiyalar va hikoyalarini toʻliq avtomatlashtirish imkonini beruvchi 10 dan ortiq yangi funksiyalarni taqdim etadi.
Uchinchi tomon chatbotlari uchun ruxsatlarni “Xabarlarni boshqarish” yoki “Profilni boshqarish” kabi soddalashtirilgan sozlamalar yordamida xabarlarni oʻchirish, profil rasmlarini tahrirlash, hikoyalar joylash va boshqa shu kabi muayyan amallar uchun alohida tugmalar bilan boshqarishingiz mumkin.
Telegram Biznes barcha Premium obunachilar uchun kiritilgan. Chatbot qoʻshish va uning ruxsatlarini boshqarish uchun Sozlamalar > Telegram Biznes > Chatbotlar rukniga kiring. Chatbot dasturchilari uchun axborot ushbu sahifada mavjud.
Oktabr oyida biz Telegram Hadyalarni taqdim etdik, ularni yulduzlar bilan yuborishingiz va kolleksiya buyumlari ga yuksaltirishingiz mumkin, noyob uslublarni ochish va blokcheynda savdo qilish imkoniyatini yaratish. Telegram foydalanuvchilari allaqachon oyiga 10 milliondan ortiq hadyalarni almashishmoqda.
Agar siz hadyalar yuborish va qabul qilishni yoqtirsangiz, siz va suhbatdoshlaringiz uchun kirish maydoniga “Hadya” tugmasini qoʻshishingiz mumkin .
Endi profilingizda qaysi hadyalar koʻrsatilishini tanlashingiz mumkin. Masalan, agar siz kontaktlaringiz yoki muayyan doʻstlaringizdan hadyalar avtomatik ravishda koʻrinadigan boʻlishini xohlasangiz.
Premium foydalanuvchilar boshqa foydalanuvchilar ularga qaysi turdagi hadyalarni yuborishi mumkinligini tanlashi mumkin. Masalan, Yulduzli xabarlar funksiyasini yoqqan mashhur hisoblar endi faqat “Noyob” yoki “Cheklangan nashr” hadyalarini qabul qilishni tanlashi mumkin — bu ularning kiruvchi xabarlarini yanada boshqariladigan qiladi.
“Hadya” tugmasini qoʻshish, profilingizda qaysi hadyalar koʻrsatilishini nazorat qilish yoki qaysi hadyalarni qabul qilishni tanlash uchun Sozlamalar > Maxfiylik va xavfsizlik > Hadyalar rukniga kiring.
Shuningdek, hadyalarni birma-bir boshqarishingiz mumkin: Sozlamalar > Profilim rukniga kirib, Hadyalar sahifasiga almashing. Hadyani bosish orqali siz:
Hadya yuborish uchun istalgan foydalanuvchi profilini oching va “Hadya yuborish” tugmasini bosing.
Kuchli moderatsiya vositalari va foydalanuvchilar shikoyatlari tufayli Telegramda firibgarlik yoki spam xabarlarini yuborishga uringan odamlar tezda aniqlanadi va bloklanadi. Bu tizimlar juda past xato darajasiga ega boʻlsa-da, foydalanuvchilar endi xato boʻlsa, Telegram ichidan taqiqni bekor qilish uchun shikoyat qilishi mumkin.
Darhol tizimdan chiqarib yuborish oʻrniga, qoidabuzarlar muzlatilgan hisob holatiga oʻtkaziladi — bu yerda ular boshqa foydalanuvchilar bilan aloqa qila olmaydi, lekin moderatorlarimiz koʻrib chiqishi uchun shikoyat yuborishi mumkin. Agar muvaffaqiyatli boʻlsa, hisob muzdan chiqariladi va cheklovlar olib tashlanadi.
Nomaʼlum foydalanuvchi sizga birinchi marta xabar yuborganda suhbatning yuqorisini bosing va uni darhol bloklang va xabarlarini moderatorlarga xabar bering.
Ham iOS, ham Androidda kanal postlarini Saqlangan xabarlar yoki oxirgi kontaktlarga shunchaki bitta bosishdatezda yuborish uchun yangi ishora mavjud. Shunchaki ulashish strelkasini bosib turing, xabarni uzatmoqchi boʻlgan chatga barmogʻingizni ushblab torting va qoʻyib yuboring.
Ayniqsa iOS foydalanuvchilari uchun endi hikoya qoʻshish uchun qoʻshimcha ishora mavjud. Chatlar roʻyxatining yuqorisida oxirgi hikoyalarni koʻrib chiqayotganda hikoyalar roʻyxatini oʻngga tortib hikoya muharririni darhol ochishingiz va yangi post yaratishingiz mumkin.
iOSda asosiy chatlar roʻyxatida oʻngga surish ham hikoya muharririni ochadi.
Buguncha shular. Dasturchilarimizni koʻproq yangiliklar yaratish uchun chorlayotganimizda ushbu yangi funksiyalardan zavqlaning.
2025-yil 30-aprel,
Telegram jamoasi