Ishonchli himoyalangan guruhli chaqiruvlar, avtomatlashtirilgan hisoblar va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Ishonchli himoyalangan guruhli chaqiruvlar, avtomatlashtirilgan hisoblar va boshqalar

Bugungi yangilanish ishonchli himoyalangan, foydalanish oson guruhli chaqiruvlarni taqdim etadi. Shuningdek, biz Telegram Biznes hisoblari uchun toʻliq avtomatlashtirish imkonini beruvchi katta yangilanish, foydalanuvchilar uchun yangi hadya variantlari, hisob cheklovlariga eʼtiroz bildirishning oddiyroq usuli va boshqalarni joriy qilmoqdamiz.

Xavfsiz guruhli chaqiruvlar osonlashdi

Telegram birinchi marta guruhli chaqiruvlarni 2021-yilda taqdim etib, guruhlar uchun kuchli video chatlar va kanallar uchun jonli efirlarni olib kelgan edi.

Endi siz boshidan oxirigacha shifrlangan konferensiya chaqiruvini guruh chatini yaratmasdan boshlashingiz mumkin — bu esa toʻsatdan majlislar yoki doʻstlar va oila aʼzolari bilan muloqot qilish uchun juda qulay.

Yangilangan guruhli chaqiruvlarimiz bilan siz:

  • Istalgan faol chaqiruvga 200 tagacha foydalanuvchini darhol qoʻshishingiz
  • Oʻnlab odamlarga audio, video yoki ekraningizni ulashishingiz
  • Boshqalarni chaqiruv havolasi yoki QR kod bilan taklif qilishingiz
  • Emoji yordamida tezda boshidan oxirigacha shifrlashni tasdiqlashingiz mumkin

Chaqiruvlarni shifrlash va xavfsizlikni taqsimlash tizimi orqali himoyalash

Guruhli chaqiruvlar boshidan oxirigacha shifrlash bilan himoyalanadi. Ishtirokchilar buni oʻz ekranlarida aks etgan 4 ta emojini ni solishtirish orqali tasdiqlashi mumkin — agar ularning hammasi mos kelsa, chaqiruv toʻliq xavfsiz hisoblanadi.

Bundan tashqari, guruhli chaqiruvlar blokcheynga oʻxshash texnologiyadan foydalanadi, bu esa boshqa ilovalardan farqli oʻlaroq, hech kim — hatto Telegram ham — yashirincha tinglovchi sifatida qoʻshila olmasligini taʼminlaydi.

Biz xavfsizlik tadqiqotchilarini yangi guruhli chaqiruvlarni taʼminlayydigan batafsil hujjatlar va ochiq manba kodini oʻrganishga taklif qilamiz. Telegram 10 yildan ortiq vaqt davomida shifrlash protokolini buzadigan istalgan kishiga 100 000$ dan ortiq mukofot taklif qilgan, lekin hech kim uni buzishga muvaffaq boʻlmagan.

Guruhli chaqiruvni qanday boshlash mumkin

  • Mavjud chaqiruvdan. Shunchaki Telegramda biror kishiga chaqiruv qiling, keyin ekranning yuqori oʻng burchagidagi “Odam qoʻshish” tugmasini bosing — va hammasi tayyor.
  • Chaqiruvlar sahifasidan. Chaqiruvlar sahifasini oching (uni Sozlamalar > Oxirgi chaqiruvlar orqali yoqishingiz kerak boʻlishi mumkin), keyin Yangi chaqiruv tugmasini bosing va chaqiruv qilish uchun bir nechta odamni tanlang.
  • Havola yordamida. Chaqiruvlar sahifasida, Yangi chaqiruv tugmasini bosing, keyin Yangi chaqiruv havolasi bandini tanlang.

Chaqiruvingiz havolasini boshqalarga — hatto email yoki boshqa ilovalar orqali — yuborishingiz mumkin, shunda ular tayyor boʻlganda chaqiruvga qoʻshilishi mumkin. Bu guruhli chaqiruvlarni oldindan rejalash yoki doʻstlaringizni qulay vaqtda qoʻshilishiga imkon berish uchun juda mos.

Havola menyusidan, boshqalar skanerlashi uchun QR kod yaratishingiz mumkin. Shunchaki ⋯ tugmasini bosing va QR kod olish bandini tanlang.

Avtomatlashtirilgan biznes hisoblari

Telegram Biznes (Telegram Premium) foydalanuvchilari uchinchi tomon chatbotlarini, jumladan, AI asosidagi botlarni, xabarlarni avtomatik boshqarish uchun qoʻshishi mumkin. Bu yangilanish bizneslarga oʻzlarining xabarlar, profil, tranzaksiyalar va hikoyalarini toʻliq avtomatlashtirish imkonini beruvchi 10 dan ortiq yangi funksiyalarni taqdim etadi.

Chatbotni avtomatlashtirish

Uchinchi tomon chatbotlari uchun ruxsatlarni “Xabarlarni boshqarish” yoki “Profilni boshqarish” kabi soddalashtirilgan sozlamalar yordamida xabarlarni oʻchirish, profil rasmlarini tahrirlash, hikoyalar joylash va boshqa shu kabi muayyan amallar uchun alohida tugmalar bilan boshqarishingiz mumkin.

Telegram Biznes barcha Premium obunachilar uchun kiritilgan. Chatbot qoʻshish va uning ruxsatlarini boshqarish uchun Sozlamalar > Telegram Biznes > Chatbotlar rukniga kiring. Chatbot dasturchilari uchun axborot ushbu sahifada mavjud.

Bu yangi sozlamalar bilan koʻproq hadyalar oling

Oktabr oyida biz Telegram Hadyalarni taqdim etdik, ularni yulduzlar bilan yuborishingiz va kolleksiya buyumlari ga yuksaltirishingiz mumkin, noyob uslublarni ochish va blokcheynda savdo qilish imkoniyatini yaratish. Telegram foydalanuvchilari allaqachon oyiga 10 milliondan ortiq hadyalarni almashishmoqda.

Agar siz hadyalar yuborish va qabul qilishni yoqtirsangiz, siz va suhbatdoshlaringiz uchun kirish maydoniga “Hadya” tugmasini qoʻshishingiz mumkin 😉.

Endi profilingizda qaysi hadyalar koʻrsatilishini tanlashingiz mumkin. Masalan, agar siz kontaktlaringiz yoki muayyan doʻstlaringizdan hadyalar avtomatik ravishda koʻrinadigan boʻlishini xohlasangiz.

Premium foydalanuvchilar boshqa foydalanuvchilar ularga qaysi turdagi hadyalarni yuborishi mumkinligini tanlashi mumkin. Masalan, Yulduzli xabarlar funksiyasini yoqqan mashhur hisoblar endi faqat “Noyob” yoki “Cheklangan nashr” hadyalarini qabul qilishni tanlashi mumkin — bu ularning kiruvchi xabarlarini yanada boshqariladigan qiladi.

Hadyalar qanday boshqariladi

“Hadya” tugmasini qoʻshish, profilingizda qaysi hadyalar koʻrsatilishini nazorat qilish yoki qaysi hadyalarni qabul qilishni tanlash uchun Sozlamalar > Maxfiylik va xavfsizlik > Hadyalar rukniga kiring.

Shuningdek, hadyalarni birma-bir boshqarishingiz mumkin: Sozlamalar > Profilim rukniga kirib, Hadyalar sahifasiga almashing. Hadyani bosish orqali siz:

  • Uni profilingizda koʻrsatish yoki berkitishingiz.
  • Uni qadash orqali hadyalar roʻyxatining yuqorisiga qoʻyishingiz.
  • Uni taqish orqali statusingizda namoyish etishingiz.
  • Uni oʻtkazish orqali boshqa foydalanuvchiga yoki blokcheyn hamyoningizga yuborishingiz mumkin.

Hadya yuborish uchun istalgan foydalanuvchi profilini oching va “Hadya yuborish” tugmasini bosing.

Hisobni muzlatish va u haqida bahslashish imkoniyati

Kuchli moderatsiya vositalari va foydalanuvchilar shikoyatlari tufayli Telegramda firibgarlik yoki spam xabarlarini yuborishga uringan odamlar tezda aniqlanadi va bloklanadi. Bu tizimlar juda past xato darajasiga ega boʻlsa-da, foydalanuvchilar endi xato boʻlsa, Telegram ichidan taqiqni bekor qilish uchun shikoyat qilishi mumkin.

Darhol tizimdan chiqarib yuborish oʻrniga, qoidabuzarlar muzlatilgan hisob holatiga oʻtkaziladi — bu yerda ular boshqa foydalanuvchilar bilan aloqa qila olmaydi, lekin moderatorlarimiz koʻrib chiqishi uchun shikoyat yuborishi mumkin. Agar muvaffaqiyatli boʻlsa, hisob muzdan chiqariladi va cheklovlar olib tashlanadi.

Nomaʼlum foydalanuvchi sizga birinchi marta xabar yuborganda suhbatning yuqorisini bosing va uni darhol bloklang va xabarlarini moderatorlarga xabar bering.

Yangi ishoralar bilan koʻproq ishlarni tezroq bajaring

Ham iOS, ham Androidda kanal postlarini Saqlangan xabarlar yoki oxirgi kontaktlarga shunchaki bitta bosishdatezda yuborish uchun yangi ishora mavjud. Shunchaki ulashish strelkasini bosib turing, xabarni uzatmoqchi boʻlgan chatga barmogʻingizni ushblab torting va qoʻyib yuboring.

Ayniqsa iOS foydalanuvchilari uchun endi hikoya qoʻshish uchun qoʻshimcha ishora mavjud. Chatlar roʻyxatining yuqorisida oxirgi hikoyalarni koʻrib chiqayotganda hikoyalar roʻyxatini oʻngga tortib hikoya muharririni darhol ochishingiz va yangi post yaratishingiz mumkin.

iOSda asosiy chatlar roʻyxatida oʻngga surish ham hikoya muharririni ochadi.

Buguncha shular. Dasturchilarimizni koʻproq yangiliklar yaratish uchun chorlayotganimizda ushbu yangi funksiyalardan zavqlaning.



2025-yil 30-aprel,
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

더욱 안전한 그룹 통화, 자동 계정 등

오늘 업데이트에서는 매우 안전하고 사용하기 쉬운 그룹 통화를 도입합니다. 또한 텔레그램 비즈니스 계정에 대한 완전 자동화를 가능하게 하는 주요 업그레이드를 출시하고, 선물 사용자에 대한 새로운 옵션, 계정 제한에 대한 이의 제기를 더 간단하게 하는 방법 등을 제공합니다.
30-apr, 2025

스타 메시지, 고정된 선물, 검증 플랫폼 2.0 및 기타

오늘 업데이트는 콘텐츠 제작자와 공인이 프라이버시를 더 잘 제어할 수 있도록 하면서 그들의 인기를 수익화할 수 있는 새로운 방법을 제공합니다. 이제 수신 메시지를 필터링하고, 마음의 평화를 보호하며, Telegram Stars를 획득할 수 있습니다. 이 모든 것을 하면서도 청중과의 연결을 유지할 수 있습니다.
7-mar, 2025

AI 기반 스티커 검색, 개선된 동영상 및 기타 기능

오늘 업데이트에서는 AI로 수백만 개의 스티커를 검색하고, 현재 시간에 비디오 링크를 복사하고, 비디오의 커버 사진을 설정하고, 채널에서 유사한 봇을 탐색하면서 별로 반응할 수 있습니다 -- 그리고 더 많은 기능이 추가되었습니다.
12-fev, 2025

수집 가능한 선물 착용, 선물을 블록체인으로 이동, 채널로 선물 보내기 등

오늘 업데이트에서는 수집 가능한 선물을 이모지 상태로 착용할 수 있는 기능, 선물을 블록체인으로 이동하는 기능, 채널에 선물을 보내는 기능 등 6가지 새로운 기능이 Telegram에 추가되었습니다.
24-yan, 2025