Hamkorlik dasturi, AI asosidagi stikerlar qidiruvi, kollajlar va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Hamkorlik dasturi, AI asosidagi stikerlar qidiruvi, kollajlar va boshqalar

Bugun biz Telegramdagi kontent ijodkorlari va mini ilova ishlab chiquvchilar uchun ajoyib yangiliklarni taqdim etmoqdamiz. Endi ijodkorlar oʻz mehnatlarini oddiy usulda monetizatsiya qilishi (va yulduzlar ishlashi!) mumkin, mini ilova ishlab chiquvchilar esa yangi foydalanuvchilarni jalb qilish uchun kuchli vositaga ega boʻladi. Bundan tashqari, Telegram foydalanuvchilari endi AI yordamida stikerlarni qidirishi va hikoyalarida rasm va videolar bilan kollajlar yaratishi mumkin.

Hamkorlik dasturlari

Bu yangilanish bilan Telegram mini ilovalar uchun Hamkorlik dasturlarini taqdim etadi. Bu kampaniyalar ijtimoiy tarmoqlar tarixida ilk bor barcha tekshira oladigan aniq va ochiq shartlar bilan tamomila shaffof tanituvlarni taklif etadi, bu esa ham influenserlar, ham ularning auditoriyalari uchun foydali boʻladi.

Barcha Telegram foydalanuvchilari va kanallari endi ishlab chiquvchilar tomonidan ishga tushirilgan Hamkorlik dasturlariga qoʻshilish orqali yulduzlar ishlashi mumkin. Shunchaki Yulduzlar balansingizga kiring va mavjud dasturlar roʻyxati bilan tanishing. Birortasini tanlang, unikal referal havolangizni oling va uni ulashishni boshlang.

Dasturlarni roʻyxatda komissiya stavkasi yoki davomiyligi asosida saralashingiz mumkin.

Kimdir referal havolangiz orqali mini ilovaga kirib, u yerda Telegram Yulduzlar bilan xarid qilsa, siz komissiya — uning tranzaksiyalaridan yulduzlar foizi olasiz.

Komissiya qabul qilindi

Referallaringizdan qilingan xaridlar dastur shartlarida koʻrsatilgan Hamkorlik dasturining butun davomiyligi davomida hatto dastur erta toʻxtatilsa ham sizga komissiya beradi.

Komissiyalar siz yoʻnaltirgan foydalanuvchi mini ilovada tranzaksiya amalga oshirganda real vaqt rejimida balansingizda paydo boʻladi. Hamkorlik platformasi Telegram Yulduzlarni ishlashning oddiy va ishonchli usuli boʻlib, bu yulduzlarni siz mahsulotlar xarid qilish yoki ilovalarda obunalar, doʻstlarga hadyalar yuborish, kanallarda media qulfini ochish va boshqa koʻplab narsalar uchun foydalanishingiz mumkin.

Hamkorlik dasturlari haqida batafsil axborotni ushbu qoʻllanmada topishingiz mumkin.

Hamkorlik dasturlarini yaratish

Telegramdagi istalgan mini ilova yoki bot ishlab chiquvchisi oʻz Hamkorlik dasturini boshlashi va foydalanuvchilarni yoʻnaltirganlarga kelajakdagi daromadlarining qancha foizini ulashmoqchi ekanini belgilashi mumkin. Ular hatto foydalanuvchi mini ilova bilan oʻzaro aloqa qilishni boshlaganidan keyin qancha vaqt davomida daromad ulashishni xohlashini ham belgilashi mumkin.

Hamkorlik dasturini sozlash juda oson — shunchaki bir nechta bosish orqali foydalanuvchilar bazasini anʼanaviy marketing kampaniyalariga qaraganda arzonroq va samaraliroq tarzda organik tarzda oʻstirishga tayyor boʻlasiz.

AI asosidagi stikerlar qidiruvi

Mukammal stiker topish endi yanada osonlashdi! Maxsus AI modeli tufayli stikerlar paneli endi bir nechta kalit soʻz bilan murakkab qidiruvlarni dastaklaydi. Masalan, mushuk qahva ichmoqda deb yozib koʻring va Telegramning rasmiy toʻplamlaridagi 40 000 dan ortiq stikerlar orasidan natijalarni darhol koʻring.

Bundan ham yaxshisi, ushbu funksiya o‘nlab tillarda ishlaydi, bu oʻz fikringizni ifodalashni yanada osonlashtiradi. Premium foydalanuvchilar ushbu yaxshilangan qidiruvdan emojilar boʻlimida ham foydalanishi mumkin.

Siz xabar paneli orqali stikerlar va emojilar uchun tezkor takliflar olishingiz hamda matn bilan tezda emoji kiritish uchun :heart kabi emoji qisqartmalaridan foydalanishingiz ham mumkin.

Hikoyalarda kollajlar

Telegram Hikoyalar endi kollajlar bilan ijodiy imkoniyatlarni oshirdi. Endi siz 6 tagacha rasm yoki videoni turli tartiblarda birlashtira olasiz. Mediani bevosita galereyangizdan yoki kamerangizdan qoʻshing va har bir katakni mukammal kompozitsiya yaratish uchun toʻldiring.

Kollajingizni oʻzgartirmoqchimisiz? Ekranning yuqorisidagi variantlar yordamida maketlarni osonlik bilan oʻzgartiring, kataklarni qayta joylashtirish uchun ushlab torting yoki katakni oʻchirish, rasmni qayta olish yoki videoning tovush balandligini sozlash uchun uni bosing.

Media ustidagi izohlar

Chatlardagi media uchun izohlarni endi media muharriridagi yangi “Izohni yuqoriga koʻchirish” tugmasini bosish orqali osonlik bilan yuqoriga koʻchirish mumkin.

Ha, buni allaqachon biriktirmalar menyusi orqali bajarish mumkin edi, lekin endi bu yanada qulayroq!

Bugungi yangilanish uchun hammasi shular. Tez orada yangi funksiyalar kollaji bilan qaytamiz.



2024-yil 4-dekabr,
Telegram jamoasi